Yangiliklar

Milliy internet tanlovi” g‘oliblari aniqlandi

Milliy internet tanlovi” g‘oliblari aniqlandi

2017 yilning 27 dekabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi “Yoshlar press klubi”da “Milliy internet tanlovi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mas’ul vazirlik, idora va muassasalarning rahbarlari, tanlov g‘oliblari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Milliy internet tanlovi globallashuv sharoitida yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish hamda yurtimizdagi islohotlarni internet tarmog‘ida keng yoritishda yoshlar ishtirokini ta’minlashga qaratilgan yirik media loyiha hisoblanadi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad — ijobiy mazmundagi sifatli internet-resurslarini yaratish, ommalashtirish, axborot madaniyatiga ega, ta’lim-tarbiyaga xizmat qiluvchi, xavfsiz internet muhitiga ega axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga hissa qo‘shish, iqtidorli va ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, yosh veb-dizayner va dasturchilarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning keyingi faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish, internetning yoshlar uchun mo‘ljallangan segmentini kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.

Anketalar tanlovning www.mit.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda 2017 yilning 1 - 23 dekabr kunlari qabul qilindi. Tanlovga jami 405 anketa kelib tushdi. Tanlovning 11 nominatsiyasi bo‘yicha 11 g‘olib aniqlandi.

1. Madaniyat va san’at sohasidagi eng yaxshi sayt - www.boqiybuxoro.uz​ (Rustam Ramazonov)

2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi sayt - www.goTrip.uz​ (Sardor Sharapov​)

3. Eng yaxshi yangiliklar sayti -  www.kun.uz​ (Ma`rufjon Asqarov​)

4. Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt - www.mahallakengashi.uz​ (Javlon Mannopov​)

5. Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt - www.askdoctor.uz​ (Islombek Ibroximov​)

6. Elektron kitoblar uchun yaratilgan eng yaxshi sayt - www.e-hilolnashr.uz​ (Bunyod Po'latov)

7. Zamonaviy fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt - www.mylab.uz​ (Shodlik Babajonov)

8. Elektron tijorat sohasidagi eng yaxshi sayt - www.kitoblardunyosi.uz​ (Ibrohim Malikov)

9. Ko‘p tilda yaratilgan eng yaxshi sayt - www.ilmiy-lugat.uz​ (Anvar Usmanov​)

10. Eng yaxshi blog - www.qaraqalpaqstan.blogspot.com​ (Baurjan Botabayev​)

11. Eng foydali mobil ilova - Ruscha-O'zbekcha lug'at ​ (Shavkatilla Xamidjonov)

Shoshiling! Bu aynan sizning imkoniyatingiz... Milliy internet tanloviga arizalar qabul qilinishi davom etadi!

Shoshiling! Bu aynan sizning imkoniyatingiz... Milliy internet tanloviga arizalar qabul qilinishi davom etadi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida Milliy internet tanlovini o‘tkazmoqda.
Asosiy maqsad – yoshlar uchun mo’ljallangan ijobiy mazmundagi eng yaxshi internet resurslarni yaratish, ko’paytirish, mavjudlarini aniqlash va rag’batlantirish, veb-resurslarni yaratuvchilar diqqat e’tiborini internet texnologiyalaridan mas’uliyatli, axborot madaniyati talablari doirasida hamda xavfsiz foydalanish muammosini hal etish, internetning yoshlar uchun mo’ljallangan segmentini kengaytirish va rivojlantirish.
Tanlov quyidagi nominatsiyalardan iborat:
1. Madaniyat va san’at sohasidagi eng yaxshi sayt;
2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi sayt;
3. Eng yaxshi yangiliklar sayti;
4. Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt;
5. Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt;
6. Elektron kitoblar uchun yaratilgan eng yaxshi sayt;
7. Zamonaviy fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt;
8. Elektron tijorat sohasidagi eng yaxshi sayt
9. Ko’p tilda yaratilgan eng yaxshi sayt;
10. Eng yaxshi blog;
11. Eng foydali mobil ilova

Shoshiling, vaqt juda oz qoldi!