MITUZ

Yangiliklar

“MIT.UZ Programming contest 2016” tanlovining g‘oliblari aniqlandi

“MIT.UZ Programming contest 2016” tanlovining g‘oliblari aniqlandi


Joriy yilning 10 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Kamolot” YoIH, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida “MIT.UZ Programming contest 2016” dasturlash musobaqasi o‘tkazildi.


Tashkil etilgan musobaqa 55 ta jamoa ishtirok etdi. Bu jamoalar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalari va mustaqil dasturchilar ishtirok etdi. Dasturchilarga qiyinlik darajasi ketma-ket tarzda o‘zbek, rus va ingliz tillarida tuzilgan masalalar qo‘yildi. Musobaqa acm.tuit.uz saytida oylayn rejimda 4 soat davom etdi.
Marhamat, g‘olib jamoalar bilan tanishing:


1-o‘rin – “Masters” jamoasi, jamoa ishtirokchilari Hojiyev Sunatullo Nasridin o‘g‘li, Temirov Zavqiddin Husen o‘g‘li, Qodirov Zarif Zafarovich (10 ta masaladan 9 tasini ishlashga muvaffaq bo‘ldi);


2-o‘rin – “Tashkent U of IT 1” jamoasi, jamoa ishtirokchilari Abdukarimov Sirojiddin Sayfiddin o‘g‘li, Islomov Nodirbek Erkin o‘g‘li, Ismoilov Isfandiyor Iskandarovich (10 ta masaladan 8 tasini ishlashga muvaffaq bo‘ldi);


3-o‘rin – “TUIT 01” jamoasi, jamoa ishtirokchilari Toshkanov Adham Asqarovich, Samadov Siroj Ziyodullo o‘g‘li, Bozorboyev Ag‘abek Ilyosbek o‘g‘li (10 ta masaladan 7 tasini ishlashga muvaffaq bo‘ldi);


Eslatib o‘tamiz, Musoboqa g‘oliblari taqdirlash marosimi joriy yilning 17 dekabr kuni soat 15:00da Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da “MIT.uz” – Milliy internet tanlovi g‘oliblarining taqdirlash kuni bo‘lib o‘tadi. G‘oliblarga birinchi, ikkinchi va uchunchi darajali diplomlar va noutbuk bilan taqdirlanadilar.



“Kamolot” YIH Markaziy Kengashi

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi

"MIT.UZ Open Data Challenge 2016" tanlovi g’oliblari ma’lum bo’ldi

“Kamolot” YoIH, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMT “Taraqqiyot dasturi”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “UZINFOCOM” markazi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda "MIT.UZ Open Data Challenge 2016" tanlovi 24-27 noyabr kunlari o'tkazildi.

27 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ilovalar yaratishni maqsad qilgan, 24 noyabr kuni start olgan "MIT.UZ Open Data Challenge 2016" tanlovining yakuniy bosqichida ishtirok etayotgan ishlanmalar hakamlar tomonidan baholandi.

MIT.UZ Open Data Challenge — bu dasturchilar, grafik-tasvir dizaynerlari, internet sohasi vakillari, tahlilchilar, jurnalistlardan iborat jamoa tomonidan ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan dastur-ishlanmalarni saralaydigan tanlov. Tanlovning o’ziga xos jihati shundaki, qatnashchilar cheklangan muddat, ya’ni 2 kun ichida muayyan loyihani amalga tatbiq etib, yangi veb yoki mobil ilovaning, maqola yoki infografikaning birlamchi namunasini hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etishlari kerak bo’ldi.

26 noyabrga qadar davom etgan 3 kunlik qizgʻin faoliyat natijasida, "MIT.UZ Open Data Challenge 2016" tanlovi ishtirokchilari turmushning barcha jabhalarida: moliya, transport, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va h.k. foydali boʻlgan yangi loyihalarni taqdim etdilar.

Unda ishtirok etayotgan dastur-ishlanmalarga qo’yilgan asosiy shart —mahsulot, ya’ni ilova, xizmat, infografika hamda ma’lumot Open Data Challenge 2016 mobaynida yaratilgan va ungacha tayyorlanmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, tanlov davomida mavjud ishlanmalarni, manbaalarni yanada rivojlantirib, boyitgan holda ham ishtirok etish mumkin.

2016 yilning 27 noyabr kuni ishlab chiqilgan loyihalar davlat idoralari vakillari, jamoat tashkilotlari mutaxassislari hamda mustaqil ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati ishtirokida taqdim qilindi va g’oliblar aniqlandi.

Tanlovning “Ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyiha” (mobil va veb-ilova) yo’nalishida g’oliblik AlphaZet jamoasining «MyWay» – avtotransport vositalari sohiblariga yoqilg’i bor-yo’qligini aniqlashga, sug’urta va boshqa jihatdan qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan ilova. Bu yo’nalishda o’tkazilgan yakka tartibdagi topshiriqlarda @Dorilarbot – ijtimoiy tarmoq orqali apteka va dori vositalarini izlash ilovasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

“Ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi biznes loyiha” (mobil va veb-ilova) nominatsiyasida DigAge jamoasining «License Analytics» - Davlat soliq qo’mitasining ochiq ma’lumotlarini tahlil qilishga oid ilovasi g’olib deb topilgan. Ushbu yo’nalishdagi yakka tartibdagi sinovlarda tadbirkorlarga soliqlar bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi «@B2B» loyihasi g’olib bo’ldi.

“Ochiq ma’lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi ijodiy ish” (infografika va maqola) yo’nalishida Valkirii jamoasining “O’zbekiston misolida global isishga bag’ishlangan infografika hamda maqolalar” ishlanmasi g’olib bo’ldi.

Shuningdek, hakamlar hay’ati tomonidan IUTech jamoasining «TICS» – atrof-muhitdagi vositalarni monitoring qilish va ochiq ma’lumotlarni ishlab chiqarish loyihasi eng ilg’or loyiha sifatida e’tirof etildi.

G’oliblar joriy yilning 17 dekabr kuni soat 17:00 da Yoshlar ijod saroyida bo’lib o’tishi rejalashtirilayotgan taqdirlash marosimida diplom va qimmatbaho sov’galar bilan rag’batlantiriladilar.

 

Manba: http://mitc.uz/uz/

Foto: Rustam Nazarmatov

Diqqat! MIT.UZ tanlovining finalchilari nomi e’lon qilindi!

Diqqat! MIT.UZ tanlovining finalchilari nomi e’lon qilindi!

 “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan qator vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “MIT.UZ – milliy internet tanlovi”da 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mingdan ortiq internet sayt muallif va ishlab chiquvchilari qatnashdi.

Tanlovda UZ domenidagi veb-resurslar tanlab olindi. Final ishtirokchilarining ijodiy ishlari o‘nta asosiy va oltita qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha saralandi.

2013-2016-yillarda tanlovda jami 4449 nafar yigit-qizlar ishtirok etdi. Shunisi e’tiborliki, tanlov qatnashchilarining ishlanmalari o‘tgan yillarnikiga qaraganda ancha sifatli hamda texnik jihatdan yuqorilab borishini kuzatish mumkin. Taqdim etilgan saytlarning 784 tasi joriy yilda ishga tushirilgan.

“MIT.UZ – milliy internet tanlovi”ning final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing:

“O‘zbekistonning boy madaniyati va san’ati, tarixi hamda istiqlol g‘oyalari va ma’naviy qadriyatlarini yorituvchi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi bo‘yicha final ishtirokchilari:

  • mehrob.uz
  • chakchak.uz
  • shosh.uz
  • meros.uz
  • tarix.uz
  • bukhari.uz
  • biography.uz
  • arboblar.uz
  • sohibqiron.uz
  • uznations.iutlab.uz

“Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayotni yoritgan eng yaxshi sayt” nominatsiyasi bo‘yicha final ishtirokchilari:

  • samcity.uz
  • tashrif.uz
  • sahifa.uz
  • buxcity.uz
  • samarkandcity.uz
  • goroda.uz
  • andijonsadosi.uz
  • shosh.uz
  • yurtim.zn.uz
  • iqbol.uz

“Davlat tilidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi bo‘yicha final ishtirokchilari:

  • mulohaza.uz

  • ertak.uz

  • latifa.uz

  • texnoman.uz

  • constitution.uz

  • oriftolib.uz

  • farzand.uz

  • ayol.uz

  • hikoya.uz

  • gulruxsora.uz

“Eng yaxshi yangiliklar sayti” nominatsiyasi bo‘yicha final ishtirokchilari:

  • telegraf.uz

  • uznews.uz

  • tafsilot.uz

  • terabayt.uz

  • sof.uz

  • likeit.uz

  • kruz.uz

  • zamin.uz

  • gooper.uz

  • qalampir.uz

“Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi bo‘yicha final ishtirokchilari:

  • uzgeolcom.uz

  • insonhuquqlari.uz

  • uzedu.uz

  • mehnat.uz

  • mvd.uz

  • uzavtoyul.uz

  • mitc.uz

  • legprom.uz

  • elections.uz

  • oziq-ovqat.uz

“Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt” nominatsiyasi bo‘yicha final ishtirokchilari:

  • texnoman.uz

  • 1-avgust.uz

  • istudent.uz

  • qmii.uz

  • mylingvo.uz

  • englishlife.uz

  • kids.gov.uz

  • orbita.uz

  • itportal.uz

  • aim.uz

“Yil mazmuniga doir eng yaxshi sayt” nominatsiyasi bo‘yicha final ishtirokchilari:

  • uzbaby.uz

  • oilam.uz

  • mehridaryo.uz

  • ayol.uz

  • farzand.uz

  • bolajonim.uz

  • gulxan.uz

  • yoshoila.uz

“Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi bo‘yicha final ishtirokchilari:

  • vitamed.uz

  • askdoctor.uz

  • avitsenna.uz

  • sotma.uz

  • kliniki.uz

  • dentamed.uz

  • webstom.com

Qo‘shimcha nominatsiya bo‘yicha final ishtirokchilari taqdirlash marosimi kuni 12-dekabrdan 3 kun avval e’lon qilinadi. G‘oliblar aniqlanganidan so‘ng, taqdirlash marosimi 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

“MIT.UZ – milliy internet tanlovi”ning qo‘shimcha izohi:

Tanlovga kelib tushgan arizalar faqat onlayn tarzda qabul qilindi. Qog‘oz shaklidagi anketalar qabul qilinmadi. Tanlov g‘oliblarini saralash nizom bo‘yicha amalga oshirildi. Bu yilgi tanlovda qo‘shimcha ikki bosqich qo‘shildi ya’ni:

Birinchi bosqich: www.uz reytingdagi faollik hisobga olindi.

Ikkinchi bosqich: Facebook‘dagi sahifamizda MITUZ Live (jonli so‘rovnoma) ko‘rinishida o‘tkazildi. Jonli so‘rovnoma ekspert guruhi tomonidan qo‘yilgan ballar teng bo‘lgan sayt juftliklari o‘rtasida o‘tkazildi. (Masalan: likeit.uz va uznews.uz saytlari teng ball olishgan va tafsilot.uz va telegraf.uz saytlari ham teng ball olishgan biz bu saytlarni bitta jonli so‘rovnomaga qo‘yib, ularga onlayn tarzda ovoz berish orqali qo‘shimcha ball qo‘shdik.)

MITUZ Live 5 yoki 6 ta saytlar o‘rtasida o‘tkazildi va eng ko‘p reaksiya to‘plagan saytlarga mos ravishda 10, 5, 4, 3, 2 va 1 ball qo‘shib berildi.

MIT.UZ tanlovining 2016-yilgi g‘oliblariga professional noutbuk, zamonaviy smartfon va LED televizor hamda bir nechta imkoniyatlar beradigan maxsus diplom taqdim etiladi.

“MITUZ Open Data Challenge 2016

“MITUZ Open Data Challenge 2016" tanloviga start berildi

Tanlov joriy yilning 26-27-noyabr kunlari Toshkentdagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi. “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi – ilovalarni ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ishlab chiqish boʻyicha har yilgi tanlov boʻlib, unda yakka va jamoaviy tarzda ishtirok etish mumkin. Ushbu tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, BMTTD Oʻzbekistondagi vakilligi, UZINFOCOM markazi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. MITUZ Open Data Challenge tanlovi - bu dasturchilar, dizaynerlar va jurnalistlar jamoalarining ochiq hukumat portal ma‘lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish boʻyicha musobaqa. “MITUZ Open Data Challenge” tanlovining farqi shundaki, guruhlar aniq belgilab berilgan muddat ichida harakatlanishlari lozim. Ikki kun muddatda mavhum gʻoyalar, infografika va maqolalar yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yohud alfa-koʻrinishlariga aylanadilar. Uch kunlik qizgʻin faoliyat natijasida, “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi ishtirokchilari barcha sohalarda, shuningdek, moliya, transport, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalarda foydali boʻlgan yangi loyihalarni taqdim etadilar. Shunday qilib, mobil va veb-ilovalar, infografika, media-loyihalar, maqolalar tadbirning moddiy mahsuli boʻladi. Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqari, “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi doirasida ma’lumotlar jurnalistikasi boʻyicha master-klasslar hamda dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga oid treninglar boʻlib oʻtadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz hamda qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqami va elektron pochtasiga murojaat etishingiz mumkin:

+998(97) 747 06 33

rimma.mukhtarova@gmail.com

E'lon!

E'lon!

1-noyabrga qadar MIT.uz tanloviga kelib tushgan arizalar soni ko‘pligi hamda nizomda keltirilgan (saytning 1 sentabrga qadar ishlab turganligi holati, uning faoliyat yuritilishi, ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilanib borilishi, saytning ijtimoiy tarmoqlaridagi o‘rni, www.uz saytida foydalanuvchilarning tashrif buyurishi statistikasi) talablarini inobatga olgan holda, arizalarni ko‘rib chiqish muddati 11-noyabrga qadar uzaytirildi.

MIT.uz tanlovi ma’muriyati barcha ishtirokchilardan ushbu holatni to‘g‘ri qabul qilishlarini so‘rab qoladi!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Siz milliy internet tanlovi MIT.UZ  G’olibi bo’lmoqchimisiz unda shoshiling!

Siz milliy internet tanlovi MIT.UZ G’olibi bo’lmoqchimisiz unda shoshiling!

Milliy internet tanloviga arizalar 1-noyabrga qadar qabul qilinishini ma’lum qilamiz. Arizalarni Milliy internet tanlovining www.mit.uz rasmiy web sahifasi va https://telegram.me/mituzbot telegram BOT’i orqali to’ldirishingiz yoki mituz2016@kmail.uz elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

MIT.UZ tanloviga bugungi kun holati bo‘yicha 477 dona anketa kelib tushdi. Kelib tushgan anketalardan hozirgacha faqatgina 112tasi qabul qilindi qolgan ishtirokchilarning anketalari shu yilning 7-oktabriga sanasiga  qadar ko’rib chiqiladi. (Faqat kelib tushganlarniki, yangi ishtirokchilarning anketa qabuli 1-noyabrgacha 01.11.2016 davom etadi) 

Tanlovda ishtirok etayotganligizni aniqlash uchun  www.mit.uz (http://mit.uz/uz/participants) sayti orqali bilishingiz,  agar  saytingiz o‘tmagan bo‘lsa → https://m.me/www.mit.uz havola orqali saytingiz nega o‘tmaganligi to’g’risida ma’lumot olishigiz  hamda yana qayta yuborish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun +998712410050 raqamiga soat 9.00 dan 18.00 ga qadar murojaat qilishingiz mumkin.

Shoshiling vaqt oz qolmoqda!

#MITUZ #MITUZ2016 #Uzbekistan #Tashkent

Qadrli MIT.UZ TANLOVI  ishtirikchilari  Sizlar uchun ajoyib yangilik!

Qadrli MIT.UZ TANLOVI ishtirikchilari Sizlar uchun ajoyib yangilik!

Joriy yilning 1 oktyabr sanasidan boshlab MITUZ tanlovi ishtirokchilari "www.uz — milliy qidiruv tizimi"da maxsus yorliqlarga ega bo‘lishdi.

Bu esa o’z navbatida saytga tashrif buyuruvchilar soniga qarab, g’oliblarni saralash va aniqlashda ko’mak beradi.

Shuningdek, ko’proq ball to’plash uchun ham ajoyib imkoniyatdir.

Buning uchun esa Kompyuter vа аxborot texnologiyalаrini rivojlаntirish hаmdа joriy etish Mаrkаzi UZINFOCOMga o’zimizning alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz!

E'lon!

E'lon!

Milliy internet tanloviga arizalar 1-noyabrga qadar qabul qilinishini ma’lum qilamiz.  Arizalarni Milliy internet tanlovining www.mit.uz rasmiy web sahifasi va @MITUZBOT telegram BOT’i orqali to’ldirishingiz yoki mituz2016@kmail.uz elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun +998712410050 raqamiga soat 9.00 dan 18.00 ga qadar murojaat qilishingiz mumkin.