MITUZ

“MITUZ Open Data Challenge 2016" tanloviga start berildi

17-11-2016

“MITUZ Open Data Challenge 2016" tanloviga start berildi

Tanlov joriy yilning 26-27-noyabr kunlari Toshkentdagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi. “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi – ilovalarni ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ishlab chiqish boʻyicha har yilgi tanlov boʻlib, unda yakka va jamoaviy tarzda ishtirok etish mumkin. Ushbu tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, BMTTD Oʻzbekistondagi vakilligi, UZINFOCOM markazi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. MITUZ Open Data Challenge tanlovi - bu dasturchilar, dizaynerlar va jurnalistlar jamoalarining ochiq hukumat portal ma‘lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish boʻyicha musobaqa. “MITUZ Open Data Challenge” tanlovining farqi shundaki, guruhlar aniq belgilab berilgan muddat ichida harakatlanishlari lozim. Ikki kun muddatda mavhum gʻoyalar, infografika va maqolalar yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yohud alfa-koʻrinishlariga aylanadilar. Uch kunlik qizgʻin faoliyat natijasida, “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi ishtirokchilari barcha sohalarda, shuningdek, moliya, transport, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalarda foydali boʻlgan yangi loyihalarni taqdim etadilar. Shunday qilib, mobil va veb-ilovalar, infografika, media-loyihalar, maqolalar tadbirning moddiy mahsuli boʻladi. Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqari, “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi doirasida ma’lumotlar jurnalistikasi boʻyicha master-klasslar hamda dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga oid treninglar boʻlib oʻtadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz hamda qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqami va elektron pochtasiga murojaat etishingiz mumkin:

+998(97) 747 06 33

rimma.mukhtarova@gmail.com

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashish

Ulashmoqchi bo‘lgan ijtimoiy tarmog‘ingizni tanlang